Norvegiyaning Tromse shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida o‘zbekistonlik sportchi vafot etdi. Bu haqda qator xorijiy nashrlarga tayanib, “Kun” xabar berdi.
Ayni vaqtda, blogger Xushnudbek Xudoyberdiyevning ma’lum qilishicha, Norvegiyadagi musobaqadan so‘ng, shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston nogironlar terma jamoasi a’zosi Alisher Anorqulov vafot etgan.
Avvalroq, Echo.Az Seyshel orollari vakili, 67 yoshli shaxmatchi payshanba kuni hushini yo‘qotib, o‘ziga kelmagani, shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmaganini xabar qilgan edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston vakili ham payshanba kuni, Seyshel orollari vakilidan so‘ng vafot etgan. Uning jasadi mehmonxonadagi xonasidan topilgan.
Tromse politsiyasining ma’lum qilishicha, har ikkala holatda ham o‘lim tabiiy sabablar bilan ro‘y bergan.
Izoh (0)