Qozondagi o‘zbeklar iltimosi bilan 19-avgust kuni mamlakatdagi “Stolichniy” (“Poytaxt”) avtovokzali Qozon — Toshkent yo‘nalishida avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda avtovokzalning yo‘lovchilarni eltish xizmati ma’lumotiga tayanib, “Tatar-inform” xabar bermoqda.
Qozondan Toshkentgacha bo‘lgan 2,5 ming kilometrdan ziyod masofa avtobusda 50 soat-u 20 daqiqada bosib o‘tiladi.
Yo‘nalish Aralsk, Qizilo‘rda, Turkiston, Shimkent shaharlaridan o‘tadi.
Avtobus har seshanba soat 19:00 da Qozondan yo‘lga chiqadi.
Izoh (0)