Norvegiyaning Tromse shahrida yakuniga yetib borayotgan 41-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida 10-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu turda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi chexiyalik dugonalariga 1,5:2,5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
Terma jamoa sardori Sarvinoz Qurbonboyeva va to‘rtinchi taxtada o‘ynagan Mohinur Qahramonova raqibalariga bir ochkoni taqdim etdi. Irina Gevorkyan reytingda o‘zidan yuqorida turgan raqibasini mag‘lub etgan bo‘lsa, Sevara Baymuratova Olga Sikorova bilan durang o‘ynadi.
Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 33-o‘ringa pastladi. G‘alaba qozongan Chexiya esa 11-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Izoh (0)