Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bo‘lgan uchrashuvda Qorabog‘ mojarosi cho‘zilib ketgani va uning yechimini topish kerakligini ta’kidladi. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar bermoqda.
Uchrashuv Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi Qorabog‘ muammosini hal qilish masalasiga bag‘ishlandi. Aliyevning fikricha, Rossiya va Ozarbayjon o‘rtasida so‘nggi yillarda barqaror ijobiy rivojlanish kuzatilmoqda.
“Biz buni juda qadrlaymiz va Rossiyani xalqaro miqyosdagi asosiy hamkorlarimizdan deb bilamiz”, — deydi Kavkazorti respublikasining rahbari.
Ilhom Aliyev, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik ko‘plab sohalarni qamrab olganini ta’kidlab, ham siyosiy, ham iqtisodiy yo‘nalishlarda o‘rnatilgan munosabatlar ijobiy natija ko‘rsatayotganini qayd etdi. Xususan, tovar ayirboshlash va o‘zaro sarmoya kiritish hajmi o‘smoqda.
“Biz mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik borasida ham salohiyatli hamkorlikka erishish tarafdorimiz”, — dedi Ilhom Aliyev.
Izoh (0)