“O‘zeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi Zenit Electronics MChJ va Janubiy Koreyaning Samsung Electronics kompaniyalari o‘rtasida O‘zbekistonda LED televizorlarini ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi. Bu haqda “Anhor” xabar bermoqda.
2011-yildan beri hamkorlikda faoliyat yuritayotgan mazkur ikki kompaniyaning navbatdagi LED televizorlari bilan bog‘liq loyihasi Tayyor mahsulot va ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi doirasida amalga oshiriladi.
2016-yilgacha mahalliylashtirishni 49 foizgacha yetkazish rejalashtirilmoqda. LED televizorlari qismlarining asosiy qismi Zenit Electronics va u bilan bog‘liq muassasalar quvvati yordamida ishlab chiqariladi. Yangi loyiha joriy yilning sentabr oyida ishga tushirilishi kutilmoqda.
Loyiha doirasida zavod uskunalari yangilandi; plastik mahsulotlarni quyish va bosma platalarni ishlab chiqarish o‘rganildi.
Loyihaning umumiy qiymati 2,9 million dollardan oshadi. Yil yakuniga qadar 9,9 mingta tayyor mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan. 2017-yilga qadar zavodda ishlab chiqariladigan televizorlar soni 75 ming (ishlab chiqarishda eng yuqori ko‘rsatkich)ga yetkaziladi.
Izoh (0)