UEFA hakamlik ishi bo‘yicha bosh ofitser Pyerluiji Kollina Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi o‘yinlarida standart vaziyatlar vaqtida oraliq masofani belgilash uchun ishlatiladigan ko‘pik haqida gapirib o‘tdi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
“Shubhasiz, endi hakamlar jarima zarbasi vaqtida vaziyatni yaxshiroq nazorat qiladi. Endi futbolchilar pingvincha yurish qilib, to‘p bilan oradagi masofani qisqartira olmaydi. Endi futbolchilarda to‘pga qadar masofani qisqartirib olish uchun bahona qolmaydi”, — deydi Kollina.
Izoh (0)