Ommabop xabar almashish tizimi – WhatsApp’ning yangi versiyasidan Android Wear qurilmalarida ham foydalanish mumkin bo‘ldi. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Endilikda Android aqlli soatlarida ham WhatsApp’ni ishlatish mumkin. Aqlli soatlar uchun mo‘ljallangan WhatsApp dasturi Play Store’da yo‘q. Uni WhatsApp’ning rasmiy saytidan yuklab olish zarur.
WhatsApp’ga kelgan xabarlar aqlli soat displeyida ko‘rinadi va ularga ovozli xabar bilan javob qaytarish mumkin. Yoki avvaldan saqlab qo‘yilgan ovozli buyruqlar bilan “Ha”, “Yo‘q”, “Xa-xa”, “Lol” kabi matnli xabarlarni jo‘natish mumkin.
Izoh (0)