AQShda o‘z nihoyasiga yetgan Xalqaro chempionlar kubogi finalida Lui van Gal boshchiligidagi “Manchester Yunayted” jamoasi “Liverpul”ni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, yana bir sovrinni klub muzeyiga olib qo‘ydi. Bu haqda Uff.uz xabar bermoqda.
Dastlab hisobni penaltidan Stiven Jerrard ochgan bo‘lsa-da, Ueyn Runi, Xuan Mata “qizil iblislar”ni oldinga olib chiqdi.
Zaxiradan maydonga tushgan Xesse Lingard esa hisobni 3:1 ko‘rinishiga olib keldi.
Shu tariqa, Mayami shahrida o‘tgan International Champions Cup musobaqasining bosh sovrini “MYu”ga nasib etdi.
International Champions Cup (Final)
“Manchester Yunayted” — “Liverpul”: 3:1 (0:1)
Gollar: 0:1 — Jerrard (14, pen.). 1:1 — Runi (55). 2:1 — Mata (57). 3:1 — Lingard (88).
“MYu”: De Xea, Evans, Smolling, Jons, Valensiya, Errera, Fletcher, Yang, Mata, Runi, Ernandes.
“Liverpul”: Minole, Kelli, Jonson, Shkrtel, Sako, Jerrard, Allen, Xenderson, Koutino, Lambert, Sterling.
Izoh (0)