Bugun, 5-avgust kuni Yevropa Chempionlar ligasining 3-saralash bosqich javob uchrashuvlariga start beriladi. Mazkur bosqichdan o‘tgan jamoalar so‘nggi pley-off o‘yinlariga kirishadi. Bu haqda Uff.uz xabar berdi.
Pley-offga o‘tgan jamoalar “Arsenal”, “Portu”, “Napoli” kabi klublar bilan bahslashadi. Shundan so‘ng, baxtli jamoalar YeChL final qismining guruh bosqichiga yo‘llanma oladi.
Bu turda Sankt-Peterburgning “Zenit” jamoasi o‘zida Kiprning “AYeL” klubini qabul qiladi. Piterliklar birinchi o‘yinda qayd etilgan 0:1 hisobidagi mag‘lubiyat alamini olish uchun maydonga chiqadi.
Qozog‘istonning “Aktobe” jamoasi bo‘lsa, safarda “Styaua” mehmoni bo‘ladi. Turkiyaning “Beshiktosh” klubi “Feyenoord”ni kutib oladi.
Ushbu tur anonsi bilan tanishing:
5-avgust
“BATE” (Belorussiya) — “Debretsen” (Vengriya)“Makkabi T-A” (Isroil) — “Maribor” (Sloveniya)“Panatinaikos” (Gretsiya) — “Standard” (Belgiya)“Lill” (Fransiya) — “Grassxopper” (Shveysariya)
6-avgust
“Zenit” (Rossiya) — “AYeL” (Kipr)“APOEL” (Kipr) — “XIK” (Finlyandiya)“Sherif” (Moldaviya) — “Slovan Br” (Slovakiya)“Malmyo” (Shvetsiya) — “Sparta” (Chexiya)“Styaua” (Ruminiya) — “Aktobe” (Qozog‘iston)“Beshiktosh” (Turkiya) — “Feyenoord” (Gollandiya)“Kopengagen” (Daniya) — “Dnepr Dp” (Ukraina)“Red Bull Zalsburg” (Avstriya) — “Karabax” (Ozarbayjon)“Dinamo Z” (Xorvatiya) — “Olborg” (Daniya)“Seltik” (Shotlandiya) — “Legiya” (Polsha)“Partizan B” (Serbiya) — “Ludogorets” (Bolgariya).
Izoh (0)