Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

AQSh davlat kotibi Jon Kerrining telefoni Isroil maxsus xizmatlari tomonidan uning Yaqin Sharqqa o‘tgan yilgi tashrifi davomida tinglangani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Rossiyskaya gazeta” xabar berdi.

Jon Kerri. Foto: “RIA Novosti”

Jon Kerri. Foto: “RIA Novosti”

Yaqin Sharqqa tashrifi davomida Kerri suhbatlarni himoyalanmagan, ochiq telefon orqali olib borgan. Signal osongina tutilgan va maxfiy tinglov olib borilgan. Isroil hukumati olingan axborotni go‘yoki, muzokaralar chog‘ida qo‘llagan.

Germaniyaning “Shpigel” jurnali Amerika davlat kotibi yana bir mamlakat tomonidan kuzatilganini xabar qildi, uning qaysi davlatligi hozircha oshkor etilmayapti.

AQSh diplomatik idorasi ham, uning mintaqadagi strategik ittifoqdoshi Isroil ham bu xabarga izoh berganicha yo‘q.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Foto: Toshkentda Xalqaro axborotdan erkin foydalanish kuniga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda
Mahalliy
Qashqadaryoda 38 yoshli ayol va 19 yoshli qiz o‘zini poyezd tagiga tashlab, joniga qasd qildi. MFY raislaridan biri bu axborotni yashirib, “mahallaning siri” demoq...
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev transport sohasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazmoqda