Rossiyaning “Krasnodar” klubi Yevropa ligasi saralash bosqichi, uchinchi raundida Vengriyaning “Dyoshdyor” jamoasiga qarshi maydonga tushdi va yirik hisobda g‘alabaga erishdi. Bu haqda Uff.uz xabar berdi.
5:1 hisobida yakuniga yetgan uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov to‘liq ishtirok etdi.
Uchrashuvning 28-daqiqasida krasnodarliklar hujumchisi Ari hisobni ochdi. 40-daqiqada Odil Ahmedov jamoasining ikkinchi golini kiritdi. Shundan so‘ng, “Doshdor” futbolchisi Bacha ikkinchi bo‘limda, uchrashuvning 49-daqiqasida gol kiritib, hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.
Ammo “Krasnodar” yana uchta gol kiritib, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.
Yevropa ligasi, saralash bosqichi (3-raund)
“Dyoshdyor” (Vengriya) — “Krasnodar” (Rossiya) 1:5 (0:2, 1:3)Gollar: 0:1 — 28 Ari, 0:2 — 40 Ahmedov, 1:2 — 49 Bacha, 1:3 — 51 Pereyra, 1:4 — 88, penalti Joaozino, 1:5 — 90 V. Bistrov.
“Dyoshdyor” — Antal (Radosh, 80), Nemet, Debretseni (Grumich, 46), Alves, Epereshi (Bognar, 46), Elek, Egersegi, Xusich, Gostoni, Kadar, Bacha.
“Krasnodar” — Sinitsin, Sigurdsson, Yendjeychik, Martinovich, V.Kaleshin, Laborde (V.Bistrov, 58), Gazinskiy, Joaozino, Odil Ahmedov, Pereyra (Pomerko, 81), Ari (Vanderson, 58).
Ogohlantirishlar: Gostoni (67).
Izoh (0)