LG Electronics kompaniyasi yangi turdagi Side-by-Side muzlatgichlarini foydalanuvchilar e’tiboriga havola etdi. Bu turdagi “kichik” modellarning hajmi 528 va 581 l oralig‘ida bo‘ladi. Yetakchi muzlatgichlar esa 616 l sig‘imga ega.
Xususan, Side-by-Side muzlatgichlarining yangi yetakchi modellari LG GR-M257SGKR va GR-M257SGKW — bu kompaniyaning ilg‘or texnologiyasi va viqorli tashqi ko‘rinishni o‘zida jamlagan modellardir. Ushbu modellarning vizual qiyofasini maishiy dizayn sohasining taniqli dizayneri Karim Rashid yaratgan.
Vertikal joylashgan diod nurli chiroq muzlatgichning har bir tokchasini yetarlicha yoritadi va oddiy lampalarga qaraganda bir muncha kam energiya sarflanishini ta’minlaydi. Ko‘zga tashlanmaydigan, intuitiv boshqariladigan, sal tegib ketsa, tezda faollashadigan tashqi LED-displey muzlatgichning ish rejimi haqida ma’lumot beradi.
Moist Balance Crisper va “Tez muzlatish” kabi bo‘linmalar mahsulotlarning barraligini va ularning foydali xususiyatlarini saqlab qolish uchun yordam beradi. Moist Balance Crisper seksiyasi qopqog‘ining uyachalardan iborat yuzasi kondensat vazifasini o‘taydi hamda sabzavot va mevalarning yaxshi saqlanishi uchun eng qulay namlikni ushlab turadi. Mahsulotlarning foydali moddalarini eng ko‘p saqlab qolgan holda uzoq muddatga muzlatish uchun shokli muzlatish seksiyasidan (-35ºC haroratda) foydalanish mumkin.
LG ning Side-by-Side seriyasidagi barcha muzlatgichlar ishlab chiqaruvchi 10 yilga kafolat beradigan ishonchli va energiyani tejovchi baquvvat kompressorlar bilan ta’minlangan. Shuning uchun ham barcha modellar 25 foizga tinch ishlaydi va energiya iste’molining oddiy motorlarga qaraganda yuqori sinfini A+ (32 foizgacha energiya tejamini) namoyish etadi.
LG Total No Frost tizimi muzlatgichning eritilishini talab qilmaydi, bu esa sovitish kamerasida kondensat hosil qilmasdan, uni gigiyenik toza tutishga imkon beradi. MultiAirFlow ko‘p oqimli muzlatish texnologiyasi sovuq havoni kamera ichi bo‘ylab bir tekis tarqatib, mahsulotlarni yangiligicha uzoqroq saqlanishiga ko‘maklashadi.
Innovatsion ishlanma — “Eshik ichidagi eshik” (Door-in-Door) mini-bari muzlatgichning asosiy eshigiga ko‘zga tashlanmaydigan qilib qurilgan kichikroq eshik orqali tez-tez kerak bo‘ladigan mahsulotlarni osongina olishni ta’minlab, muzlatgichning umumiy eshigini kamroq ochish orqali energiya sarfini kamaytirishga yordam beradi.
Izoh (0)