Ayni vaqtda onalik baxtidan bahra olayotgan Rayxon o‘zining yangi taronasi uchun klip suratga oldi. Bu haqda Popcorn.uz xabar berdi.
Rayhon yaqinda “Ne bo‘lar?” nomli taronani yozib tugatdi. Qo‘shiqning musiqasini shaxsan Rayxonning o‘zi bastalagan.
Tez kunlarda qo‘shiq “O‘zbegim Taronasi” radiosida premyera qilinishi ma’lum qilindi.
Sho‘x va raqsbop ohangga ega mazkur tarona uchun videoklip ham suratga olindi.
Klipning ham syujet, ham trek yo‘nalishida bo‘lishi kutilmoqda. Tasvirga olish ishlari Toshkentning turli maskanlarida olib borildi.
Davlat Arabshoyev tomonidan tayyorlanayotgan klip uchun syujet g‘oyasini Rayxon va butun ijodiy jamoa birgalikda yozdi.
Izoh (0)