Samsung kompaniyasi 30-iyul kuni 2014-yilning ikkinchi choragida ko‘rgan daromadi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Ikkinchi chorakda Samsung’ning daromadi 51 milliard dollar bo‘lgan, o‘tgan yilning shu choragida esa kompaniya 52 milliard dollar daromad ko‘rgan edi.
Samsung o‘tgan yilning ikkinchi choragida 9,53 milliard dollar foyda ko‘rgan, joriy yilda esa bu ko‘rsatkich 17,1 foiz pasayib, 7 milliard dollarni tashkil etgan.
Shuningdek, kompaniya butun chorak davomida 74,3 million dona smartfon sotgan. O‘tgan yilning ikkinchi choragida esa 77,3 millionta smartfon sotilgan edi. Kompaniyaning planshet sotuvida ham muammolar mavjud. Bunga esa 5–6 dyuym displeyli smartfonlarning ishlab chiqarilgani sabab bo‘lmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Samsung kompaniyasi joriy yilda 4,7 dyuym displeyli Samsung Galaxy Apha va 5,7 dyuymli Galaxy Note 4 smartfonlarini taqdim etishi mumkin.
Izoh (0)