29-iyul kuni “Nasaf” o‘z maydonida Navoiy viloyatining “Qizilqum” jamoasi bilan nazorat uchrashuvi o‘tkazdi. Uchrashuv qizg‘in kurashlarga boy bo‘lsa-da, o‘yin taqdirini birgina gol hal qildi. Bu haqda Stadion.uz xabar berdi.
Ikkinchi davraga puxta tayyorgarlik ko‘rayotgan qarshiliklarning yagona goliga Erkin Boydullayev mualliflik qildi.
“Nasaf” matbuot xodimi Aziz Nuriyning tvitter sahifasida esa “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyevga ayni uchrashuv kechayotgan paytda qo‘ng‘iroq qilishib, o‘g‘illik bo‘lganini aytishgani haqida xabar paydo bo‘ldi.
Izoh (0)