Twitter mikrobloglar tarmog‘i 2014-yilning ikkinchi choragida ko‘rgan daromadi va tarmoq haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi. Bu haqda TechCrunch ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Ikkinchi chorak yakunlariga ko‘ra, Twitter 312 million dollar daromad ko‘rgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan chorakda 250 million dollarga teng bo‘lgan edi. O‘tgan yilning ikkinchi choragiga nisbatan joriy yilda kompaniya daromadi 124 foizga oshgan. Tarmoqning ko‘rgan foydasi esa 54 million dollarni tashkil etgan.
Kompaniya hisob-kitobiga ko‘ra, bugungi kunda Twitter’ning oylik foydalanuvchilari soni 271 millionga yetgan. O‘tgan chorakda Twitter foydalanuvchilari oyiga 255 millionni tashkil qilar edi. Bir yil ichida tarmoq foydalanuvchilarining soni 24 foizga oshgan.
Twitter’ning mobil versiyasidan oyiga 211 million kishi foydalanadi. Bu ko‘rsatkich esa o‘tgan chorakka nisbatan 29 foizga oshgan. Shuningdek, Twitter’ning reklamadan ko‘rayotgan daromadining 81 foizi mobil versiyadagi reklamalarga to‘g‘ri keladi.
Izoh (0)