Barselona sudi mahalliy klub va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messidan soliq to‘lamaganlik ayblovini olib tashlamadi, deya xabar beradi Stadion.uz AS’ga tayanib.
Messi va uning otasi 4,1 million yevro (5,5 million dollar) miqdoridagi soliqni to‘lamaganlikda ayblangan edi.
Sudya Rakel Amado barcha aybni futbolchining otasi Xorxe Messiga qo‘yib, Lioneldan ayblovni olib tashlashni so‘radi.
Ammo sud organlari futbolchining soliqlarni to‘lamaslik maqsadidagi sxemadan xabardor bo‘lganiga yetarli dalillar topib, ayblovchi tomonning talabini qondirmadi.
Izoh (0)