Microsoft-Nokia Buyuk Britaniyada Lumia 930 smartfoni, Qi simsiz zaryadlash qurilmasi bilan birgalikdagi taqdimotini o‘tkazdi. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Taqdimotda smartfon jami 800 ta kartoshka va olma yordamida hamda Qi – simsiz zaryadlash qurilmasi orqali zaryadlandi.
Smartfon reklamasi uchun tabiiy zaryadlash moslamasini Keleb Chalend ixtiro qilgan. Bu moslama elektr tokini kartoshka va olmalardan oladi.
Kartoshka va olmalardan qilingan tabiiy zaryadlash moslamasi, Qi qurilmasi hamda yangi Lumia 930 smartfoni odamlarni hayratlantira oldi. Agar bunday bo‘lmagan taqdirda ham, kartoshkalarni qovurish, olmalardan esa pirog qilish mumkin edi :)
Izoh (0)