FIFA tashkiloti prezidenti Yozef Blatter Jahon chempionatida ishtirok etadigan 32 ta terma jamoalar sonining ko‘paymasligini aytdi. Bu haqda Uff.uz xabar berdi.
UEFA prezidenti Mishel Platini mundial ishtirokchilari sonini 40 taga yetkazish taklifini bergandi.
“Ayrim konfederatsiyalar JCh ishtirokchilari sonini oshirishni ma’qullashadi. Ammo, bu noto‘g‘ri qaror. Agar siz oliy navli mahsulotga ega bo‘lsangiz, uni o‘zgartirishning keragi yo‘q”, — deydi FIFA prezidenti.
Blatter FIFA hamisha futbolni rivojlantirish tarafdori bo‘lib kelganini ta’kidlar ekan, avvaliga terma jamoalar 1982-yil 16 tadan 24 taga, 1998-yilda bo‘lsa, 32 taga ko‘paytirilgani va bu bilan chegaraga yetganini qayd etdi.
“Ammo, konfederatsiyalardagi ishtirokchilar sonini qayta ko‘rib chiqishimiz mumkin”, — deydi FIFA Weekly nashri Blatter so‘zlarini keltirib.
Ma’lumot uchun, Osiyo vakillarining qoniqarsiz ishtiroklari tufayli Osiyo futbol konfederatsiyasidagi jamoalar soni 4,5 barobar kamaytirilishi mumkin.
Izoh (0)