Stadion.uz saytiga tayanib, “Barselona” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi haqida bir qancha qiziqarli ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etishga qaror qildik.
1. Lionel Messi inqilobchi Ernesto Che Gevara oilasida dunyoga kelgan.
2. Messining katta buvasi — Anjelo Messi aslida italiyalik bo‘lib, 1883-yil Argentinaga ko‘chib kelgan. Aynan ana shu jihatni sabab qilib, “Messi italiyalik, u Italiya termasida o‘ynashi shart!” degan fikrlar ilgari surilgan, hatto bir safar Leoni Italiya safida to‘p surishga undashgan. Lekin Messining birgina javobi yetarli bo‘lgan: “Men qayerda tug‘ildim? Qayerda ulg‘aydim? Argentinada. Men uchun boshqa haqiqat yo‘q”.
3. Otasi Xorxe Messi oddiy ishchi bo‘lgan, onasi Seliya esa bo‘sh vaqtlarida farroshlik qilgan. Messidan tashqari oilada yana uch nafar farzand bo‘lgan.
4. Futbol mashg‘ulotlarini tez charchash tufayli o‘tkazib yuborsa-da, Messi, baribir, maktabda eng faollardan biri edi. Uning o‘zi bu haqda shunday deydi: “Men darslarni qoldirishim mumkin emasdi. Bordi-yu, bunga majbur bo‘lsam, onam mashg‘ulotlardan oldin biroz uxlab olishimni aytardi. U menga juda g‘amxo‘r edi”.
5. Lionel Messining bo‘yi 169 santimetr. Ta’kidlash kerak, u bolaligida juda kichkina bo‘lgan, shuning uchun bo‘yni o‘stiradigan preparatlar qabul qilgan. Agar u dori qabul qilmaganida, bo‘yi hozir 140 smni tashkil etgan bo‘lardi.
6. Messi 11 yoshga to‘lganida ko‘zini davolatishga majbur bo‘ladi. O‘shanda u “River Pleyt” safida harakat qilardi. Argentina jamoasi esa Leoning davolanishi uchun har oyda 900 dollar to‘lab turgan.
7. Pasxa bayramlaridan birida kataloniyalik bir novvoy Lionel Messining haykalini yaratdi. Bor bo‘yi bilan yasalgan haykalning og‘irligi 115 kilogrammni tashkil etdi. Bu o‘sha paytdagi Messidan 50 kilogramm og‘irroq edi.
8. E’tibor berganmisiz, Leo har doim gol urganida osmonga tikiladi. Bu holatni o‘zi shunday izohlaydi: "Men har bir golimni buvimga bag‘ishlayman. Chunki aynan u otamga meni futbolga olib kirishni maslahat bergandi. Afsuski, muvaffaqiyatlarimni ko‘ra olmadi. Menga va oilamga bergan yordami uchun buvimdan bir umr minnatdorman”.
Izoh (0)