Qozog‘istonning Ostona shahrida davom etayotgan tennis bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 100 ming AQSh dollaridan iborat President's Cup turniri o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi. Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik Oqgul Omonmurodova ham muvaffaqiyatli ishtirok etyapti, deb xabar berdi Olamsport.
Turnir tashkilotchilari tomonidan asosiy to‘r bahslariga imtiyozli ravishda qo‘yilgan Oqgul hozirgina yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Chorak final bahsida o‘zbekistonlik tennischi xorvatiyalik Ana Savichni ikki setda ham bir xil 6:2 hisobida taslim etdi.
Omonmurodovaning final ostonasidagi raqibasi birozdan so‘ng boshlanadigan uchrashuvdan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Unda rossiyalik tennischilar – Veronika Kudermetova va Vitaliya Dyatchenko o‘zaro kortga chiqadi.
Izoh (0)