Kuzda taqdim etilishi kutilayotgan iPhone 6 displeyi sapfir billuri bilan himoyalanishi va uni pichoq ham qira olmasligi taxmin qilinayotgan edi. Ammo iPhone 6 displeyi sinovdan o‘tkazilgan va unda sapfir billuri ishlatilmagan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Gizmodo ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Rasman tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, iPhone 6 displeyi sapfir billuri bilan qoplanishi kutilayotgan bir paytda, Markez Brovnli iPhone 6 displeyini sinovdan o‘tkazdi va videoni YouTube’ga joyladi. Videoga ko‘ra, ushbu displey sapfir billuri bilan himoyalanmagan.
iPhone 5s smartfonining asosiy tugmasida sapfir billuri rostdan ishlatilgan va u qumqog‘oz bilan berilgan “qiynoqlar”ga bardosh bera olgan. Lekin sinov “qiynoq”lari natijasida iPhone 6 displeyida chiziqlar, qirilishlar hosil bo‘lgan.
Agar sinovdan o‘tkazilgan displey rostdan iPhone 6’ga tegishli bo‘lsa, u holda bu displey mustahkam, lekin sapfir billuri bilan himoyalanmagan. Aks holda kamondan o‘q otib uni parcha-parcha qilib bo‘lmas edi. Yoki iPhone 6 displeyi haqidagi mish-mishlar shunchaki hayol.
Izoh (0)