Bugun, 24-iyul kuni Jazoirning Air Algerie aviakompaniyasi samolyoti Niger respublikasining poytaxti Niamey shahri yaqiniga quladi. Bu haqda GlobalScanner tvitteriga asoslanib, Gazeta.ru xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, samolyot bortida 110 yo‘lovchi va olti nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.
Taxminlarga ko‘ra, aviahalokatga kuchli momaqaldiroq sabab bo‘lgan.
Avval xabar berilganidek, bugun Jazoirning Air Algerie aviakompaniyasi Burkina-Faso davlati poytaxti Uagadugudan yo‘lga chiqqan samolyot bilan aloqani parvozdan 50 daqiqa o‘tib, yo‘qotib qo‘ygan edi.
Izoh (0)