O‘zbekistonda donorlarga taqdim etiladigan “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Bu haqdagi qaror 23-iyul, chorshanba kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilindi, deb xabar berdi “Kun”.
Ko‘krak nishoni donorlarga har yili 14-iyun – Jahon donor kunida taqdim etiladi. Nishon O‘zbekiston “Qon va uning tarkibiy qismlari to‘g‘risida”gi qonunining 21-moddasiga muvofiq ta’sis etilgan.
Ushbu ko‘krak nishoni bilan o‘z qonini kamida 40 marta yoki uning tarkibiy qismlaridan ma’lum bir hissasini kamida 60 marta bepul topshirgan shaxs mukofotlanadi.
Qayd etishlaricha, donorlarni ushbu ko‘krak nishoni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi buyruq O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan qabul qilinib, matbuotda e’lon qilinadi.
Izoh (0)