Krishtianu Ronalduning to‘rt yashar o‘g‘li otasiga o‘z onasini kimligi haqida savollar bera boshladi. Bu haqda futbolchining opasi Elmaning so‘zlariga asoslanib, Mirror nashri xabar berdi.
Ronaldu o‘g‘li Krishtianinyo (qarindoshlari shunday chaqiradi)ga surrogat onalik nimaligini tushuntirishni o‘rinsiz deb bilib, onasining “osmonga ketgan”ini aytadi. Bola javobga tushunmay, yana savollar beravergach, futbolchi bolaning onasi “sayohat qilayotgan”ini aytdi.
Portugaliyalik yulduzning opasi Elmaning ma’lum qilishicha, bola javobdan so‘ng ancha o‘ylanib qolgan, biroq boshqa savol bermagan.
Ma’lumot uchun, Ronaldu 2010-yil 17-iyunda ota bo‘lgan. Farzandi surrogat (sun’iy) onalik yordamida dunyoga kelgan.
Izoh (0)