O‘zbekiston hukumati Yaponiya bilan Orolbo‘yidagi urologiya muassasalarini tibbiy jihozlar bilan ta’minlash bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishdi. Bu haqda “Anhor” xabar berdi.
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 11-iyuldagi 190-sonli Qarorida qayd etilishicha, loyiha doirasida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘p sohali markazi hamda Respublika urologiyaga ixtisoslashgan markazining Urganch, Buxoro va Sirdaryodagi filiallarini ta’minlash uchun tibbiy jihozlar va ehtiyot qismlarni yetkazib berish, shuningdek, dastlabki texnik xizmat ko‘rsatish;
- Tibbiy xodimlarni o‘qitish va tajribasini oshirish (shifokorlarga yuqori texnologiya asosidagi tibbiy qurilmalar bilan ishlashni o‘rgatish, tahlil va tashxis bo‘yicha bilimini oshirish, texnik xodimlarni zamonaviy qurilmalardan foydalanishga o‘rgatish).
Izoh (0)