Twitter ijtimoiy tarmog‘i Direct Message – shaxsiy xabar almashish xizmatida zarur yaxshilanishlarni amalga oshirmoqchi. Bu haqda Mashable nashri ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Twitter o‘zining iPhone va Android qurilmalari uchun mo‘ljalangan dasturi orqali shaxsiy xabarlar tarixini o‘qish mumkinligi haqida xabar berdi. Shuningdek, xabarlarni o‘chirish funksiyasini ham soddalashtirilmoqda.
Ijtimoiy tarmoq so‘nggi oylar davomida shaxsiy xabarlar xizmatini WhatsApp kabi mobil xabar almashuv dasturlari darajasiga chiqarish ustida ishlamoqda.
Twitter’da biz o‘qimayotgan (follow qilmayotgan)lardan ham shaxsiy xabarlar qabul qilish funksiyasi sinovdan o‘tkazilgan. Shu bilan birga guruh bo‘lib suhbat qurish funksiyasi ishlab chiqarilishi mumkin.
Kompaniya rahbari Dik Kostoloning fikriga ko‘ra, Twitter’ning ommalashishi uchun shaxsiy xabarlar almashish xizmatining o‘rni katta.
Izoh (0)