Germaniya terma jamoasi futbolchisi Mesut O‘zil Facebook’da 23 nafar braziliyalik bolaning operatsiyasi uchun mablag‘ ajratishini ma’lum qildi, deya xabar berdi Huffington Post.
May oyida YouTube’ga yarim himoyachining BigShoe bolalar sog‘lig‘ini saqlash xayriya kampaniyasiga qo‘shilish niyatida ekani haqidagi video joylangan edi. U 11 nafar braziliyalik bolaning operatsiyasini moliyalashtirishga va’da bergandi.
Kuni kecha O‘zil 11 bolani emas, balki Germaniya jamoasining har bir a’zosi nomidan 23 nafar bolaning davolanishi uchun pul ajratishini Facebook orqali ma’lum qildi.
“Bu Braziliya aholisining mehmondo‘stligi uchun shaxsiy minnatdorchiligim bo‘ladi”, — deb yozgan O‘zil ijtimoiy tarmoqda.
Ma’lumot uchun, Germaniya terma jamoasi o‘yinchilariga 400 ming dollardan ko‘proq mukofot puli ajratilishi kutilayotgani qayd etilgan edi.
Izoh (0)