Ukraina Bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk mamlakatni safarbarlik holatiga tayyorlash bo‘yicha bir qancha qarorlar qabul qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Segodnya.ua xabar berdi.
“Bizning bugungi eng muhim vazifamiz — mamlakat va milliy iqtisodiyotni, shuningdek, hukumat organlarini safarbarlik holatiga keltirish choralarini ko‘rishdir”, — deb ta’kidladi Yatsenyuk.
Bosh vazir mamlakatning ayni damda urush holatida ekanini aytib, iqtisodiy sohani safarbarlik holatida ishlashiga va aholi muhofazasiga oid bir qancha topshiriqlar berishini aytdi.
Bundan tashqari, Yatsenyuk Ukraina sharqida qulab tushgan Malayziya laynerining 300 ga yaqin yo‘lovchilari halokati bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borishda qurollangan rossiyaparast ayirmachilarning halal berayotganini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Donetsk viloyatida Malaysia Airlines samolyoti qulagani haqidagi axborot Toshkent vaqti bilan 20:30 atrofida paydo bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, halokat natijasida samolyot bortida bo‘lgan barcha yo‘lovchilar halok bo‘lgan.
Izoh (0)