“Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi, bir taqvim yilida 53 million yevro (deyarli 72 million dollar) to‘laydigan Ispaniyaning birinchi soliq to‘lovchisi bo‘ladi. Bu haqda Uff.uz xabar berdi.
2007—2009-yillar mobaynida reklama hamda hamkorlik shartnomalaridan tushgan daromadlar deklaratsiyada qayd etilmagan bo‘lsa, qiymat uch millionga oshishi mumkin.
2014-yil bo‘yicha belgilangan 53 million yevroni o‘yinchining oylik maoshi, uy-joy hamda reklama shartnomalariga solingan soliqlar tashkil qiladi. Bundan tashqari, bu qiymatga 2010—2012-yillar davomida to‘lanmagan 22,4 million yevro ham kiritilgan.
So‘nggi yetti yil davomida Messi Ispaniya g‘aznasiga 100 million yevrodan ko‘proq soliq to‘ladi.
Forbes nashrining ma’lumotiga ko‘ra, Messi yiliga 48 million yevrodan ortiq daromad topadi.
Izoh (0)