53 yoshli shved olimi Sverker Yoxansson “Vikipediya”dagi eng serunum mualliflardan deb topildi. U o‘z maqolalari miqdorini 2,7 millionga yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Index.uz xabar berdi.
Sverker Yoxanssonning Lsjbot dasturi internetga joylanayotgan yangi ma’lumotlarni o‘rganib chiqib, maqola sifatida birlashtiradi va elektron ensiklopediyaga joylaydi. Mazkur dastur maqolalari shved “Vikipediya”sidagi barcha maqolalarning 10 foizini tashkil etadi.
Aniqlanishicha, Yoxansson ensiklopediyaga ko‘proq hayvon turlari haqidagi ma’lumotlarni joylagan.
Ayrim mualliflar shved olimining maqolalari yuzaki ma’lumotlarga ega ekanidan shikoyat qilmoqda. Biroq o‘quvchilar ana shunday maqolalarga tez-tez murojaat qiladi.
Izoh (0)