Brasletga o‘xshash dizaynda ishlangan ushbu aqlli soat Ritot deb nomlanadi. U bilakka taqiladi va nur yordamida soat proyeksiyasini kaftning ustida ko‘rsatadi.
Bu haqda Indiegogo kraudfanding saytida xabar berildi. Loyiha kraudfanding orqali 146 000 dollar mablag‘ yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan.
Qurilma smartfon yordamida ishlaydi. U displey o‘rniga kaftning ustki qismida nurdan proyeksiya hosil qiladi. Hosil qilingan proyeksiyada esa vaqtni, qo‘ng‘iroq qiluvchining ma’lumotlarini, matnli xabarlarni, E-mail va Facebook hamda Twitter’da yozilgan statuslarni ko‘rish mumkin.
Undan tunda ham, kunda ham foydalanish mumkin. Batareyasining quvvati esa bir oygacha yetadi. Qurilma suv o‘tkazmas qilib ishlanadi va uning ikki xil – braslet hamda sport turlari ishlab chiqariladi. Ikki jins vakillari uchun ham mo‘ljallangan Ritot gadjeti 20 xil rangda bo‘ladi.
120 dollar sarflab kraudfanding orqali loyihaga ko‘maklashish va bitta Ritot aqlli soatiga buyurtma berish mumkin.
Izoh (0)