15-iyul, seshanba tongida Berlindagi Brandenburg darvozasi oldida jahon chempionati g‘oliblarini kutib olgani yarim millionga yaqin muxlis to‘plandi, deb yozadi Daily Mail.
Filip Lam boshchiligida Germaniya terma jamoasi “Jahon chempionati — 2014 g‘oliblari” deb yozilgan va to‘rt yulduz bilan belgilangan Boeing - 747 xususiy samolyotidan tushib keldi.
“G‘oliblik qanday bo‘lishini his qilganimizdan xursandmiz, — dedi Shvaynshtayger ARD kanaliga bergan intervyusida. — Bu safar, Xudoga shukur, biz o‘zimiz bilan kubokni olib keldik”.
Izoh (0)