Tayvanlik talaba kontakt linzalarni qanday ishlatishni bilmagani yoki haddan ziyod dangasaligi tufayli o‘zining ko‘z olmasidan ayrildi. Bu haqda Daily Mail axborotiga tayanib, Vesti.ru xabar berdi.
Oftalmologlar linza taquvchilarga gigiyena qoidalariga rioya qilishlarini maslahat beradi. Linzalar tozalanishi uchun har kuni kechasi maxsus suyuqlikka solib qo‘yilishi, cho‘milayotganda esa ko‘zdan olinishi zarur.
Tayvanlik 23 yoshli Lian Kao esa bu qoidalarning birortasiga ham rioya qilmagan. Yarim yil mobaynida ko‘zdan olinmagan kontakt linzalarning ichki tomonida xavfli bakteriyalar to‘planib borgan. Qizning ko‘z olmasi yovvoyi mikroblar tomonidan yeb qo‘yilgach, uning ko‘zi ojiz bo‘lib qoldi.
Hozirda Taybey klinikasi shifokorlari Lian Kaoga kamdan-kam uchraydigan kasallik – ko‘z muguz pardasining yallig‘lanishi tashxisini qo‘ydi. Kasallik bir necha yil davomida rivojlanishi mumkin.
Taybey shifoxonasi bosh oftalmologi kontakt linzalardan foydalanuvchilarning turli kasallik bilan og‘rishi ehtimoli ko‘zoynak taquvchilarga nisbatan ko‘proq ekanligini aytib, qolganlarni ogohlantirdi.
Izoh (0)