Turkiya tashqi ishlar vaziri Ahmet Davuto‘g‘lu Turkiyaning dengiz portlaridan O‘zbekiston ham foydalanishi mumkinligi haqida bayonot berdi, deb xabar beradi UzDaily.
Ahmet Davuto‘g‘lu O‘zbekistonning dengizga chiqish imkoniyati yo‘qligini yodga olib, Turkiyaning barcha portlari O‘zbekistonning ham portlari ekanini aytdi. Shuningdek, u Xitoydan O‘zbekiston orqali Turkiyaga boruvchi temiryo‘l qurish loyihasi ham ishlab chiqilayotgani haqida xabar berdi.
Mazkur temiryo‘l qurilishi bilanoq O‘zbekiston Turkiyaning barcha portlariga chiqish imkoniga ega bo‘lishini alohida ta’kidladi. “Buyuk ipak yo‘lini tiklaymiz”, – deb qo‘shimcha qildi Turkiya Tashqi ishlar vaziri.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 10-iyul kuni Oqsaroyda Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Ahmet Davuto‘g‘luni qabul qilgan edi.
Izoh (0)