Toshkent Mercer analitik kompaniyasi tomonidan har yili chop etiladigan Cost of Living — xorijliklar yashashi uchun harajatlar darajasi reytingida 185-o‘rindan 180-pog‘onaga chiqib oldi. Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi.
Reytingda qatnashgan 14 ta sobiq Ittifoq davlatlari ichida O‘zbekiston poytaxti to‘qqizinchi o‘rindan joy oldi.
Mart oyida o‘tkazilgan mazkur tahlilda jami 211 shahar qatnashdi. Natijalar 200 turdagi ko‘rsatkich, jumladan, turar joyni ijaraga olish, transportdan foydalanish, oziq-ovqat, kiyim-kechak, maishiy mahsulotlar, turli xizmatlar hamda dam olish narxini hisobga olgan holda e’lon qilindi.
Reyting o‘tkazilishidan maqsad transmilliy kompaniya va hukumatlarga xodimlarining xorijiy davlatlarda yashash narxini aniqlashga ko‘mak berishdan iborat. Reytingda 16-o‘rinda turgan Nyu-York shaharlarni solishtirishda namuna (etalon) vazifasini o‘taydi.
Xorijliklar yashashi uchun eng qimmat shaharlar uchligiga Luanda (Angola), Njamena (Chad) va Gonkong (Xitoy) kirdi. Eng qimmat shaharlar o‘nligida esa Singapur, Syurix, Jeneva, Tokio, Bern, Moskva va Shanxayni ko‘rish mumkin.
Izoh (0)