Instagram’ning o‘tgan dekabr oyida ishga tushgan o‘zaro surat almashish xizmati – Instagram Direct’dan so‘nggi oy davomida 25 foiz a’zo foydalangan. Bu haqada Fortune ma’lumotiga asoslanib The Verge xabar berdi.
Instagram Direct yordamida bir yoki bir nechta kishiga foto jo‘natish va o‘zgalar fikridan holi suhbat qurish mumkin. Uning tugmasi Instagram dasturining tepa o‘ng qismida joylashgan, lekin undan ko‘pchilik foydalanmaydi.
Instagram’ning 25 foiz a’zosi 45 million nafarni tashkil etadi. Qolgan 75 foiz a’zo esa Instagram Direct'ning nima ekanligini ham bilmaydi.
Balki bunday kam natija ko‘rsatilishiga sabab, Instagram Direct’ning noqulay ekanligidir. Chunki a’zolar suhbat qurishni boshlashdan oldin surat jo‘natishlariga to‘g‘ri keladi. Yaxshiyamki, Instagram’ning yanada ommalashishiga xabar almashish funksiyasining ahamiyati yo‘q, deya qo‘shimcha qildi The Verge.
Izoh (0)