Pul tejashga harakat qilgan Kommunistik partiya amaldorlari kanalizatsiyalarni berkitishda arzon plastmassa qoplamalardan foydalanganliklari uchun jiddiy tanqid ostiga olinmoqda. Bu haqda Daily Mail xabar beradi.
Ushbu qoplamalarning shakli metal qopqoqlarni eslatadi, ammo, ular och yashil yoki havorang tusda.
Nankin shahrida yashovchi aholining aytishicha, plastmassa qoplamalar mo‘rt bo‘lgani tufayli uch kishi uni tasodifan bosib, kanalizatsiya chuquriga tushib ketgan.
Yaqin orada yuz bergan plastmassa qoplamasining teshilishi oqibatida 43 yoshli xitoylik ayolning oyog‘i shikastlangan.
46 yoshli partiya vakilini Kuan-In Chengning qayd etishicha, qoplamalar haydovchilarning odamlar uchun mo‘ljallangan trotuarda mashina boshqarishi oqibatida mo‘rt bo‘lib qolgan.
“Plastmassa qoplamalar yupqa bo‘lishiga qaramay, ularning ichiga metal panjara joylashtirilgan. Bu bilan qoplamalar kishi vaznini bemalol ko‘tarishga dosh bera oladi, — deydi Cheng. — Shuningdek, qoplamalar oson payqasa bo‘ladigan rangda bo‘lib, odamlar uning ustidan yurmaslik kerakligini sezishlari lozim”.
Izoh (0)