2014-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida tabiiy ko‘llarda 1700 tonna, sun’iy suv havzalarida esa 1500 tonna baliq yetishtirish rejalashtirilgan, deya xabar beradi O‘zA.
Mintaqada baliqchilik sohasini rivojlantirish maqsadida joriy yilda 53 loyiha amalga oshirilishi kutilmoqda. Shulardan oltitasi Amudaryo tumaniga to‘g‘ri keladi.
Tumandagi “Sho‘rko‘l-Mahkam” mas’uliyati cheklangan jamiyat xodimlari hozirda to‘qqiz turdagi baliqni parvarish qilmoqda.
Tumandagi Do‘rmon qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji bilan tuzilgan shartnoma asosida kollej o‘quvchilari xo‘jalikda ishlab chiqarish amaliyotini o‘taydi.
Izoh (0)