Amerikaning Microsoft kompaniyasi 2015-yil 13-yanvardan boshlab Windows 7 operatsion tizimi bazasiga texnik yordam ko‘rsatishni to‘xtatadi. Bu haqda kompaniya axborotiga asoslanib, “ITAR-TASS” xabar berdi.
Buyuk Britaniyaning Digital Spy portali ma’lumot berishicha, 2015-yil 13-yanvardan 2020-yilgacha tizimning xavfsizligi bilan bog‘liq bepul yangilash o‘rnatmalari hamda pulli tuzatish ishlarini qamrab oluvchi besh yillik texnik ko‘mak boshlanadi.
Shuningdek, Microsoft kompaniyasi o‘zining yana bir necha mahsuloti, xususan, Windows Server 2008, Windows Phone 7.8, Windows Storage Server 2008, Exchange Server 2010 va Dynamics kabi tizimlar uchun ham texnik ko‘makni amalga oshiradi.
2014-yil 8-aprelda Windows XP operatsion tizimi va Office 2003 ofis dasturlari paketi texnik yordami to‘xtatilgan edi.
AppSense tahlil guruhi ma’lumotlariga ko‘ra, Microsoft kompaniyasining 12 yillik Windows XP tizimi joriy yilning mart oyida Buyuk Britaniya kompaniyalarida ishlatilayotgan kompyuterlarning 77 foizida foydalanishda bo‘lgan. Reuters esa mart oyida dunyodagi 95 foiz bankomatlar Windows XP asosida ishlayotganini xabar qilgan.
Mutaxassislar fikricha, Windows XP tizimidan Windows 7’ga o‘tish uchun Buyuk Britaniyaning har bir banki 50—60 million funt sterling (83—99 million dollar) ajratishi kerak.
Izoh (0)