Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi panjarasida 5-iyulda boshlangan “O‘zbekiston: Temuriylar davri san’ati va manzarali ko‘rinishlar” nomli fotoko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi.
Namoyishga qo‘yilgan 27 katta hajmli suratlarning muallifi fransiyalik Fransua Posh bo‘lib, u fotolavhalarni muxlislar e’tiboriga ilk bor o‘z yurtida taqdim etgan.
Joriy yilning may oyida Shahrisabzning Oqsaroy maydonidagi sopol plitkani qayta tiklash loyihasining yopilish marosimida ham mazkur ko‘rgazma namoyish etildi.
24-avgustga qadar davom etadigan Fransua Poshning Toshkentdagi ko‘rgazmasi Fransiyaning Dordon departamenti bosh kengashi tomonidan moliyalashtirildi.
Fransiya elchixonasining axborot xizmati xabar berishicha, “O‘zbekiston: Temuriylar davri san’ati va manzaraviy ko‘rinishlar” fotosuratlari Toshkentdan so‘ng O‘zbekistonning boshqa shaharlarida ham namoyish etiladi.
Izoh (0)