Ispaniyaning AS nashri Germaniya va Argentina terma jamoalari o‘rtasida kechadigan JCh — 2014 final bahsini boshqarish uchun Ravshan Ermatovning imkoniyatlari yuqori ekanini ta’kidladi. Bu haqda Stadion.uz xabar berdi.
“O‘zbekistonlik Ravshan Ermatov yakshanba kuni bo‘ladigan Germaniya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi final bahsini boshqarishga asosiy nomzod hisoblanadi. Ermatov chorak finalda Gollandiya — Kosta-Rika bahsini boshqarib, jahon rekordini o‘rnatdi.
U jahon chempionatlarida o‘yinlarni boshqarish bo‘yicha Joel Kinyu (Fransiya), Xorxe Larionda (Urugvay) va Benito Archundiya (Meksika)dan o‘tib ketdi.
Ispaniyalik Velasko Karbalo finalda zaxira hakami bo‘lish imkoniyatiga ega. Ispaniyalik boshqa hakam Media Kantalexo 2006-yilgi jahon chempionati finalida zaxira hakami vazifasini bajargan edi”, — deb yozadi sayt bloggeri Xaver Matalyanas.
Izoh (0)