Toshkentda 9-iyul kuni havo harorati +39 darajagacha, 10—12-iyul kunlari +37…+42 daraja, 13-iyul kunlari +35…+40 darajagacha isishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar bermoqda.
“Kun”ning yozishicha, 9-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxodaryo viloyatlarida havo harorati +42 darajagacha, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida esa +40 darajagacha isishi kutilmoqda.
10—12-iyul kunlari Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo harorati +41 darajagacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida esa +42 darajagacha, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +44 darajagacha isishi kutilmoqda.
12—13-iyul kunlari esa butun O‘zbekiston havo harorati bir necha darajagacha pasayib, Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Andijon, Namangan va Farg‘ona taraflarda +39 darajani, Toshkent, Samraqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida +40 darajani, Surxondaryo va Qashqadaryoda esa +41 darajani, tog‘li hududlarda esa +23…+28 darajani tashkil etishi kutilmoqda.
Izoh (0)