Qimmatbaho telefon ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Vertu kompaniyasi Ferrari bilan 7 yillik hamkorligini yakunladi. Endi kompaniya keyingi 5 yil davomida Bentley markali smartfon ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu haqda “Kommersant” ma’lumotiga asoslanib ITAR-TASS xabar berdi.
Birinchi mahsulot Vertu for Bentley deb nomlanadi. Uning narxi 17 000 AQSh dollari bo‘lishi va oktabrda taqdim etilishi rejalashtirilmoqda. Smartfonlar chegaralangan miqdorda ishlab chiqariladi va ularning soni 1000 dan oshmaydi.
Bentley vakili Juliya Morotsining so‘zlariga ko‘ra, bu kompaniyaning mobil qurilma ishlab chiqaruvchilar bilan tuzgan ilk shartnomasidir. Vertu kompaniyasi rahbari Massimilyano Polyani esa qurilmalar ustida har ikkala kompaniya dizaynerlari ish olib borishini ta’kidladi.
Izoh (0)