Ukraina qurolli kuchlari Donetsk viloyatining Artyomovsk va Drujkovka shaharlarini qaytarib oldi, deb xabar qiladi Euronews.
Ukraina hukumati sharqiy hududlarga yordam jo‘natish uchun gumanitar koridorni ishga tushirdi. Harbiylar esa operatsiyaning eng so‘nggi — hal qiluvchi bosqichiga tayyorlanmoqda.
Avval xabar berganimizdek, 5-iyul kuni Ukraina armiyasi bo‘linmalari Slavyansk va Kramatorskni egallagan edi. Ayni damda mazkur shaharlarda infratuzilmani qayta tiklash ishlari yo‘lga qo‘yildi. Kramatorskda esa ijtimoiy to‘lovlarni amalga oshirish uchun g‘azna xizmati o‘z faoliyatini olib bormoqda.
6-iyul, yakshanba kuni Donetsk shahri markazida “Donetsk xalq respublikasi”ni qo‘llab-quvvatlash maqsadida namoyish bo‘lib o‘tdi. Hozirda ayirmachilar Lugansk, Gorlovka va Donetsk aholi yashash punktlarini egallab turibdi.
Izoh (0)