Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymarning holati yaxshilanib bormoqda. Agar mundial mezbonlari Germaniya to‘sig‘idan o‘tib, finalga yo‘l oladigan bo‘lsa, u finalda og‘riq qoldiruvchi ukol bilan maydonga tushishi mumkinligi xabar qilindi, deb yozadi Uff.uz.
Bu haqda Neymarning holidan xabar olgani kelgan uning sobiq klubi — “Santos” shifokorlari ma’lum qilgan.
“Og‘riq qoldiruvchi ukol jarohat olgan umurtqa pog‘onasining tiklanishiga yordam bermaydi. Shu sababli braziliyalik hujumchi maydonga tushadigan bo‘lsa, jarohatini og‘irlashtirib qo‘yishi ham mumkin”, — deya ta’kidladi shifokorlar.
Futbolchining o‘zi va oila a’zolari agar Germaniya mag‘lub etilsa, ushbu masalani muhokama qilishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilgan.
Izoh (0)