Tadqiqotlarga ko‘ra, Twitter mikrobloglari xizmatidan tez-tez foydalanish munosabatlar buzilishi va oilada nifoqlar yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda “Frans Press” agentligiga tayanib “Rossiyskaya gazeta” xabar berdi.
Tadqiqotlar AQShdagi Missuri universiteti xodimi Rassel Klayton tomonidan amalga oshirilib, unda Twitter’ning 600 foydalanuvchisi ishtirok etdi.
Aniqlangan natijalarga ko‘ra, Twitter mikroblogidan qanchalik ko‘p foydalanilsa, mojarolar yuzaga kelish ehtimoli shunchaga ko‘payadi. Bundan tashqari, ushbu ijtimoiy tarmoqdan tez-tez foydalanish ajrashish va xiyonatga olib kelishi ham mumkin.
Olimlar, shuningdek, Facebook’ning ham o‘ta faol a’zosi bo‘lish shunday oqibatlarga olib kelishi haqida ogohlantirdi.
Izoh (0)