LG kompaniyasining so‘nggi innovatsiyalari biri bo‘lgan — LG G3 smartfoni yuqori quvvatli texnik asoslarga ega bo‘lib, unda jahonda birinchi bo‘lgan, diagonali 5,5 dyuymli Quad HD displey mavjud. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Displey- IPS texnologiyasi bo‘yicha ishlangan va 2560 x 1440 nuqtalar aniqligiga ega
- Diagonali 5,46-dyuymli va piksellar zichligi har bir kvadrat dyuymga 538 nuqtadan iborat
- Uning o‘lchami HDdan to‘rt barobar va Full HD dan deyarli ikki barobar katta
- Ekran himoya uchun oleofob qoplamali chiniqtirilgan oyna bilan qoplangan
- OIS+ va lazerli fokusga ega 13 MP moduldan iborat
- Texnologiya G3 ga yorug‘lik yetarli bo‘lmagan taqdirda ham, tasvir obyekti va kamera oralig‘idagi masofani maxsus lazer nuri orqali tasvirga olish imkonini beradi
- OIS+ tasvirning optik stabilizatori tufayli esa kadrdagi obyekt yuqori tezlikda harakatlanayotgan bo‘lsa ham surat juda aniq chiqadi.
- Yangi smartfon 2,5 Ggs takt chastotali mashhur Qualcomm Snapdragon 801 protsessoriga asoslanadi
- Protsessor mashhurlikda o‘zidan qolishmaydigan Adreno 330 grafik yadrosidan quvvat oladi
- Operativ xotira va qurilmaga ulangan to‘plagich hajmi ikki turda: mediafayllar uchun 2 GB RAM va 16 GB kenglikka yoki 3 GB operativ va 32 GB xotiraga ega bo‘lishi mumkin
- Flesh-xotira hajmini MicroSD xotira kartalari hisobiga kengaytirish ham mumkin
- Apparat Android 4.4.2 KitKat operativ tizim boshqaruvida ishlaydi.
Dizayn va ergonomika
- Nozik ingichka yon chiziqlar unga nafislik baxsh etadi
- Metallashgan tekstura effektini beruvchi so‘ngi urfdagi jilosiz qoplama bu ko‘rinishni to‘ldirib turadi
- Qoplama barmoq izlari va mayda shikastlanishlarga chidamli
- Ingichka chiziqli romlari va egik shakli tufayli shunday katta displey uchun korpus juda ixcham ko‘rinadi.
Izoh (0)