“O‘zbekkino” Milliy agentligi qoshidagi badiiy kengash ko‘rigidan o‘tgan sakkizta badiiy, bitta sarguzasht ertak va bitta to‘liq metrajli animatsion film ustida ish olib borilmoqda. Bu haqda agentlik sayti xabar berdi.
“O‘zbekfilm” kinostudiyasida bir yo‘la oltita badiiy filmni tasvirga olish ishlari boshlab yuborildi. Ushbu filmalr qatoridan — o‘z maqsadiga erishish uchun kurashayotgan qizning matonati haqida hikoya qiluvchi “Yer tafti”, beg‘ubor orzular olamida yashayotgan o‘smirlarning intilishlari va ko‘ngil kechinmalari to‘g‘risisidagi “Novda”, oldida hayotning eng og‘ir sinovlarini yengishdek vazifa turgan insonlarning ruhiy dramalariga bag‘ishlangan “Hayotda...”, “Kamolot” YoIH yetakchilarining faoliyati o‘rin olgan “Shunqorlar” va boshqalar joy olgan.
“Vatan” kinostudiyasida esa taqdir taqozosi bilan o‘zga yurtlarda sargardon yashayotgan insonlar qismati, hayotda to‘g‘ri yo‘ldan adashgan kimsalarning fojiasi aks ettirilgan “Gumrohlar” badiiy filmi, Yoshlar ijodiy tajriba 5-studiyasida o‘zgalarni laqillatib kun ko‘rishning ayanchli oqibatlari haqida hikoya qiluvchi “Soya” badiiy filmi ustida ish olib borilmoqda.
Izoh (0)