Google pornografik reklamalarni qidiruv tizimidan olib tashlashi haqida e’lon qildi. 1-iyuldan boshlab kompaniya behayo mazmundagi reklamalarni Google AdWords tarmog‘idan olib tashlamoqda. Ma’lum bo‘lishicha, endi Google kompaniyalardan pornografiyani targ‘ib qiluvchi reklamalarni boshqa qabul qilmaydi. Bu haqda Time jurnali xabar qildi.
Google reklama siyosatiga o‘zgartirish kiritishni mart oyida e’lon qilgan bo‘lib, ushbu qonun barcha mamlakatlarga tegishlidir.
Google’ning yangi siyosati iyun oyining boshida email tarzida kompaniyalarga yuborilgan bo‘lib, unda shunday deyiladi:
“Yaqin kunlar ichida biz behayo mazmundagi reklamalarni taqiqlaymiz. Ushbu siyosat amalga joriy etilgandan so‘ng, pornografiyani targ‘ib etuvchi materiallarga chek qo‘yiladi. Shu sababli biz sizning saytingizga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini so‘raymiz”.
Yilning boshida Google Play do‘konidagi dasturlar uchun ham shunday siyosat joriy qilingan.
Izoh (0)